Aralashgan navbat
Masala #1407 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Navbatda n kishi turibdi, i-kishining bo'yi ai santimetr (bo'ylar teng bo'lishi mumkin). Odamlar tasodifiy qayta tizildi: n! ta tartibning hammasi teng ehtimolli (bo'yi teng odamlar ham har xil odam). Yangi navbatda «noqulay juft» - oldinda turgan odam orqadagidan qat'iy baland bo'lgan juftlar soni. Noqulay juftlar sonining kutilmasini toping.
Javob qisqarmas kasr A/B bo'lsa (B modulga bo'linmasligi kafolatlangan), A · B−1 mod (109+7) ni chiqaring - bu B · x ≡ A bo'ladigan yagona 0 ≤ x < 109+7.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda n ta son ai.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - kutilma modul bo'yicha.
Izoh
1-namuna izohi. Bo'ylar 1, 2: ikki tartib - (1, 2) da 0, (2, 1) da 1 noqulay juft, o'rtacha 1/2 ≡ 500000004. Bo'ylar 3, 3: noqulay juft hech qachon yo'q - 0.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.