Shlyapalar aralashdi

Masala #1428 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Ziyofatga n mehmon keldi va har biri shlyapasini kiraverishda topshirdi. Ketishda xizmatchi shlyapalarni tasodifiy qaytardi: n! ta taqsimotning hammasi teng ehtimolli (har mehmon aynan bitta shlyapa oladi). Har savolda n va k berilgan: aynan k mehmon o'z shlyapasini olish ehtimolini toping.

Javob kasr A/B bo'lsa, 109+7 moduli bo'yicha A · B−1 ni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda savollar soni q. Keyingi q qatorda ikki son: n va k.

Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ n ≤ 106, 0 ≤ k ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savolga alohida qatorda bitta son - ehtimol modul bo'yicha.

Izoh

1-namuna izohi. n = 3: 6 ta taqsimotdan 2 tasida hech kim o'z shlyapasini olmaydi (ehtimol 1/3), 3 tasida aynan bittasi (1/2), 1 tasida hammasi (1/6); aynan ikki kishi olishi mumkin emas - uchinchisi ham o'zinikini oladi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.