Fermer quvurlari
Masala #1523 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Dalada n ta quduq bor, i-si (xi, yi ) nuqtada. Quvurlar faqat dala yo'laklari bo'ylab (gorizontal va vertikal) yotqiziladi, shuning uchun ikki quduqni to'g'ridan ulash narxi |xi − xj| + |yi − yj|. Hamma quduqlar bir tarmoqqa (bir-biri orqali bo'lsa ham) ulanishi uchun eng kam umumiy narxni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda x y.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2000, |x|, |y| ≤ 106; nuqtalar ustma-ust tushishi mumkin.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kam narx.
Izoh
1-namuna izohi. Kvadratning uchta tomonini ulash yetadi: 10 + 10 + 10 = 30.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.