Semestrlar

Masala #1505 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Universitetda n ta kurs bor. m ta shart: «a kursi b kursidan oldingi semestrlarning birida o'qilgan bo'lishi kerak». Bitta semestrda istalgancha kurs o'qish mumkin. Hamma kursni eng kamida nechta semestrda o'qib tugatish mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda a b (a ≠ b).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - semestrlar soni; shartlar zid bo'lsa (hech qachon tugatib bo'lmasa) -1.

Izoh

1-namuna izohi. 1-semestrda 1 va 5 (ularning sharti yo'q), 2-semestrda 2 va 3 (1 dan keyin), 3-semestrda 4 (3 va 5 dan keyin) - 3 semestr.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.