Yig'ish tartibi

Masala #1504 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Dasturda n ta modul bor. m ta shart: «a moduli b modulidan oldin yig'ilishi kerak». Hamma modulni shartlarga rioya qilib yig'ish tartibini toping yoki bunday tartib yo'qligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda a b (a ≠ b, shartlar takrorlanishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta modul raqami - yig'ish tartibi; tartib yo'q bo'lsa -1.

Izoh

1-namuna izohi. 1 va 3 hech kimni kutmaydi, 4 - 3 dan keyin, 2 - 1 dan ham, 4 dan ham keyin. 1 3 4 2, 3 1 4 2 yoki 3 4 1 2 - hammasi to'g'ri javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.