Domino zanjirlari
Masala #1513 · murakkablik 33% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Stolda n ta domino va m ta bog'lanish bor: «a yiqilsa, b ni yiqitishi mumkin». Bog'lanishlar aylana hosil qilmaydi. Har domino uchun undan boshlanadigan eng uzun zanjirdagi bog'lanishlar sonini toping (a0 → a1 → … → ak zanjirida k ta).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda a b (a ≠ b).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105; graf siklsiz.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son.
Izoh
1-namuna izohi. 1-dominodan eng uzun zanjir 1 → 2 → 3 → 5 (3 ta bog'lanish), 2 dan 2 → 3 → 5 (2), 3 dan 3 → 5 (1), 4 dan 4 → 3 → 5 (2), 5 dan zanjir yo'q (0).
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.