Tog' so'qmoqlari
Masala #1512 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tog'da n ta to'xtash joyi va m ta bir tomonlama so'qmoq bor: a dan b ga faqat pastga tushiladi, shuning uchun so'qmoqlar aylana hosil qilmaydi. Cho'qqi - 1-joy, etak - n-joy. 1 dan n ga nechta turli marshrut bor? Marshrutlar ishlatilgan so'qmoqlar ketma-ketligi bilan farqlanadi (bir juft joy orasidagi ikki so'qmoq - ikki xil marshrut). Javobni 109+7 moduli bo'yicha chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda a b (a ≠ b).
Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105; graf siklsiz, tugun raqamlari tartibsiz.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - marshrutlar soni modul bo'yicha.
Izoh
1-namuna izohi. Uchta marshrut: 1 → 2 → 4, 1 → 3 → 4 va 1 → 2 → 3 → 4.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.