Stansiyalarni ajratish

Masala #1599 · murakkablik 67% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Elektr tarmog'i daraxt: n ta tugun va n − 1 ta liniya, i-liniyani uzish wi so'm turadi. m ta tugunda elektr stansiyasi bor. Ta'mirlash uchun stansiyalarni bir-biridan ajratish kerak: hech qaysi ikki stansiya liniyalar orqali bog'langan qolmasin.

Uziladigan liniyalarning eng kam umumiy narxini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi n − 1 qatorda liniyalar: u, v, w. Oxirgi qatorda m ta turli stansiya.

Cheklovlar: 1 ≤ m ≤ n ≤ 105, 1 ≤ w ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kam narx.

Izoh

1-namuna izohi. Zanjir 1 – 2 – 3 – 4 – 5, stansiyalar 1 va 5 da: eng arzon liniya 3–4 (2 so'm).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.