Avlodlar soni
Masala #1591 · murakkablik 57% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Shajarada n ta odam, 1-odam - eng katta ajdod, i-odamning otasi pi. Odam v ning k-avlodi - v dan k bo'g'in pastdagi avlod (k = 1 - bolalari, k = 2 - nevaralari; k = 0 - v ning o'zi).
q ta savol: v ning nechta k-avlodi bor?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda p2, …, pn. Keyingi q qatorda v, k.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 0 ≤ k ≤ n, pi < i kafolatlanmagan.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savolga alohida qatorda bitta son.
Izoh
1-namuna izohi. 1 ning nevaralari 4, 5, 6 - uchta. 3 ning 2-avlodi faqat 7. 4 ning bolasi yo'q.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.