Yong'in minoralari
Masala #1597 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
O'rmonda n ta kuzatuv nuqtasi n − 1 ta so'qmoq bilan daraxt shaklida ulangan, har so'qmoq 1 km. Ba'zi nuqtalarga minora qo'yiladi; minora o'zidan ko'pi bilan k km (so'qmoq bo'ylab) uzoqlikdagi nuqtalarni kuzatadi. Har nuqta kamida bitta minoradan kuzatilsin.
Eng kamida nechta minora kerak?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va k. Keyingi n − 1 qatorda so'qmoqlar.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ k ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - minoralarning eng kam soni.
Izoh
1-namuna izohi. Zanjir 1 – 2 – 3 – 4 – 5, k = 1: minoralar 2 va 4 da. Bitta minora ko'pi bilan 3 nuqtani kuzatadi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.