Qavslangan zanjir
Masala #1652 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n ta matritsa ko'paytmasi A1A2…An hisoblanadi, Ai o'lchami pi−1 × pi. a × b va b × c matritsalarni ko'paytirish a·b·c amal turadi. Eng kam jami amal va unga mos qavslashni chiqaring.
Qavslash yozuvi: bitta matritsa - A va raqami (A3); ikki qism X va Y ko'paytmasi - (XY). Bir nechta eng arzon qavslash bo'lsa, oxirgi ko'paytma bo'linish nuqtasi eng chapda bo'lganini oling; bu qoida har bir qavs ichida ham amal qiladi (javob yagona).
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, ikkinchisida p0, …, pn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 200, 1 ≤ pi ≤ 1000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda eng kam amal, ikkinchisida qavslash.
Izoh
2-namuna izohi. (A1A2)A3 = 1·2·3 + 1·3·4 = 18, A1(A2A3) = 2·3·4 + 1·2·4 = 32.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.