Palindrom bo'laklar

Masala #1640 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Kichik lotin harflaridan iborat s satrni ketma-ket bo'laklarga ajrating: har bo'lak palindrom (chapdan va o'ngdan bir xil o'qiladi) bo'lsin va bo'laklar soni k eng kichik bo'lsin. Bo'laklarni tartib bilan birlashtirsak, aynan s chiqishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda s, 1 ≤ |s| ≤ 2000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda k, ikkinchi qatorda bo'laklar tartib bilan, bo'sh joy bilan ajratilgan.

Izoh

1-namuna izohi. abacaba ning o'zi palindrom - bitta bo'lak. 2-namunada a|abba|c ham, boshqa 3 bo'lakli ajratish ham bo'lsa, istalganini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.