Palindrom ma'lumotnomasi

Masala #1664 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bu ikki bosqichli masala: dasturingiz har testda ikki marta, bir-biridan mustaqil ishga tushiriladi.

Kutubxonada uzun s satr bor. Kitobxonlar so'raydi: s[l..r] palindrommi?

1-bosqich (kutubxonachi). Dasturga s beriladi. U ma'lumotnoma yozadi: ko'pi bilan 2n ta butun son, har biri 0 dan n gacha (n = |s|).

2-bosqich (navbatchi). Dasturga n, ma'lumotnoma va q ta so'rov l r beriladi - s ning o'zi berilmaydi. Har so'rovga YES yoki NO chiqaring.

Namuna:

KirishChiqish
yoz
abaa
1 0 3 0 1 2 1
oqi
4
7
1 0 3 0 1 2 1
3
1 3
2 4
3 4
YES
NO
YES

Kiruvchi ma'lumotlar

1-bosqich: yoz; s.

2-bosqich: oqi; n; K; ma'lumotnomaning K ta soni; q; q qatorda l r.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 3000, kichik lotin harflari; 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

1-bosqich: ma'lumotnoma. 2-bosqich: q qatorda YES/NO.

Izoh

Namuna izohi. aba - palindrom, baa - yo'q, aa - palindrom. Namunadagi ma'lumotnoma - har harf va har ikki qo'shni harf orasidagi «markaz» uchun undan yoyiladigan eng uzun palindrom uzunligi; siz boshqacha ham yozishingiz mumkin.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.