Yashirin imzo

Masala #1646 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Uzun s matnda t imzo yashiringan bo'lishi mumkin: s dan ba'zi harflarni tanlab (tartib saqlanadi) t ni o'qish mumkin bo'lsa. s da t necha xil usulda yashiringan? Ikki usul tanlangan o'rinlar to'plami bilan farqlanadi. Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda s, ikkinchisida t (kichik lotin harflari).

Cheklovlar: 1 ≤ |s| ≤ 104, 1 ≤ |t| ≤ 300.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son - usullar soni 109 + 7 bo'yicha qoldiq.

Izoh

1-namuna izohi. aaaa dan aa ni 4 ta o'rindan 2 tasini tanlab olamiz: 6 usul.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.