Chiroqlar paneli
Masala #1693 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sahnada n ta chiroq (1..n) va m ta tugma bor. Har tugma o'ziga bog'langan chiroqlarning holatini almashtiradi (yoqiq - o'chadi, o'chiq - yonadi). Boshlang'ich holat berilgan. Hamma chiroqlarni yoqish uchun eng kamida necha marta tugma bosish kerak? Mumkin bo'lmasa −1.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Ikkinchi qatorda n belgili satr: i-belgi 1 - i-chiroq yoqiq, 0 - o'chiq. Keyingi m qatorda: k va tugmaga bog'langan k ta har xil chiroq raqami.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 16, 1 ≤ m ≤ 30, 1 ≤ k ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - eng kam bosishlar yoki −1.
Izoh
1-namuna izohi. Holat 010: 1-tugma (1, 2) → 100, 2-tugma (2, 3) → 111. Bitta bosish yetmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.