Sayohat marshrutlari

Masala #1670 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Viloyatda n ta shahar va m ta bir tomonlama avtobus yo'nalishi bor. Sayyoh 1-shahardan chiqib, n-shaharda to'xtamoqchi va yo'lda har bir shaharda aynan bir marta bo'lishi kerak (1 va n ham shunga kiradi). Bunday marshrutlar nechta?

Marshrut - shaharlar ketma-ketligi; ketma-ket ikki shahar orasida mos yo'nalish bo'lishi shart. n = 1 bo'lsa, bitta marshrut bor (sayyoh joyida qoladi).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v - u dan v ga yo'nalish. O'z-o'ziga yo'nalish yo'q, bir xil yo'nalish ikki marta berilmaydi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 15, 0 ≤ m ≤ n(n − 1), 1 ≤ u, v ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son - marshrutlar soni (u 1012 dan oshmaydi).

Izoh

1-namuna izohi. 1 → 2 → 3 → 4 va 1 → 3 → 2 → 4.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.