Jamoalarga bo'lish
Masala #1677 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Lagerda n ta bola bor, ularni bir nechta jamoaga bo'lish kerak (har bola aynan bitta jamoada, jamoa bitta boladan ham iborat bo'lishi mumkin). Har jamoa uchun alohida chodir kerak, chodir K so'm turadi. i- va j-bola bir jamoada bo'lsa, ular orasida cij kelishmovchilik paydo bo'ladi. Bo'lishning narxi - chodirlar narxi va har jamoa ichidagi barcha juftlar kelishmovchiliklari yig'indisi. Eng kam narxni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va K. Keyingi n qatorda n tadan son cij (cij = cji, cii = 0).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 14, 0 ≤ K ≤ 106, 0 ≤ cij ≤ 1000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - eng kam narx.
Izoh
1-namuna izohi. {1, 2} va {3}: ikki chodir 10, ichki juft (1, 2) - 1; jami 11. Hammasi bitta jamoada bo'lsa 5 + 1 + 9 + 2 = 17, har kim alohida bo'lsa 15.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.