Teng bo'linish

Masala #1679 · murakkablik 37% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Do'konda n ta buyum bor, i-buyumning og'irligi wi. Ikki yuk tashuvchi tanlangan buyumlarni o'zaro teng og'irlikda bo'lib olmoqchi: har buyum aynan bittasiga tegadi. q ta savol beriladi: har savolda buyumlar to'plami. To'plamni teng ikki qismga necha xil usulda bo'lish mumkin? Qismlar o'rnini almashtirish yangi usul emas.

To'plam son x bilan beriladi: x ning ikkilik yozuvidagi j-bit (0 dan sanab) 1 bo'lsa, (j + 1)-buyum to'plamda bor. Masalan x = 13 = 11012 - 1, 3 va 4-buyumlar.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchisida w1, …, wn, uchinchisida q, keyingi q qatorda x.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 13, 1 ≤ wi ≤ 106, 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ x < 2n.

Chiquvchi ma'lumotlar

q qatorda - har savolga javob.

Izoh

1-namuna izohi. x = 15 - hamma buyumlar (1, 2, 3, 4), jami 10: {1, 4} va {2, 3} - bitta usul. x = 7 - {1, 2, 3}: {3} va {1, 2}. x = 6 - {2, 3}, jami 5 toq: 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.