Omadsiz raqam
Masala #1685 · murakkablik 28% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shaharda avtobus chiptalari L dan R gacha raqamlangan. Yo'lovchi d raqamini omadsiz deb hisoblaydi va o'nlik yozuvida d uchraydigan chiptani olmaydi. Nechta chipta unga ma'qul? Son boshida nol yozilmaydi (masalan, 7 sonida 0 raqami yo'q).
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda L, R va d.
Cheklovlar: 1 ≤ L ≤ R ≤ 1018, 0 ≤ d ≤ 9.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - ma'qul chiptalar soni.
Izoh
1-namuna izohi. 1..20 dan 1 raqamisizlari: 2, 3, …, 9 va 20 - jami 9 ta.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.