Chiroqlar qatori
Masala #1736 · murakkablik 39% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ko'chada n ta chiroq bor, har biri yoniq (1) yoki o'chiq (0). q ta amal:
1 l r- l-dan r-gacha har bir chiroqning holati teskarisiga o'zgaradi;2 l r- l-dan r-gacha nechta chiroq yoniq?
Masalan, 1 0 1 0 0 holatda 2..4 teskari qilinsa, 1 1 0 1 0 bo'ladi: endi 3 ta chiroq yoniq.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son (0 yoki 1). Keyingi q qatorda amallar.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ q ≤ 1,5·105, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har 2-amal uchun alohida qatorda javobni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.