Davra o'yini
Masala #1753 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
n ta bola davra bo'lib turibdi, soat strelkasi bo'yicha 1 dan n gacha raqamlangan. Sanash 1-boladan boshlanadi: har safar davrada qolganlar orasida k ta bola sanaladi (sanash joriy boladan boshlanadi, u - birinchi), k-chi sanalgan bola davradan chiqadi va keyingi sanash undan keyingi boladan boshlanadi. Bolalar qanday tartibda chiqadi?
Masalan, n = 5, k = 3: 3, 1, 5, 2, 4.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n va k.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ k ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son - bolalarning chiqish tartibi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.