Ekinzorlar maydoni

Masala #1765 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Xaritada n ta to'g'ri to'rtburchak shaklidagi ekinzor bor, tomonlari o'qlarga parallel: i-si (x1, y1) dan (x2, y2) gacha. Ekinzorlar bir-birini qoplashi mumkin. Ular birgalikda egallagan umumiy yuzani toping: bir nechta ekinzor qoplagan joy bir marta sanaladi.

Masalan, 4 × 3 va 4 × 4 o'lchamli ikki ekinzor 2 × 2 maydonda ustma-ust tushsa, umumiy yuza 12 + 16 − 4 = 24.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda x1 y1 x2 y2.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ x1 < x2 ≤ 109, 0 ≤ y1 < y2 ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - umumiy yuza.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.