Palindrom bo'lmagan bo'lak

Masala #1806 · murakkablik 26% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Satr s berilgan. Uning palindrom bo'lmagan (teskari o'qilganda o'zgaradigan) eng uzun bo'lagi (ketma-ket harflari) uzunligini toping. Bunday bo'lak bo'lmasa, 0 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda s - kichik lotin harflari.

Cheklovlar: 1 ≤ |s| ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. «mew» ning o'zi palindrom emas (teskarisi «wem»), shuning uchun javob 3.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.