Eng uzun umumiy bo'lak

Masala #1820 · murakkablik 57% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Ikki satr a va b berilgan. Ikkalasida ham uchraydigan eng uzun bo'lakni (ketma-ket harflar) toping: uning uzunligi L va a, b dagi boshlanish o'rinlari.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda a, ikkinchisida b.

Cheklovlar: 1 ≤ |a|, |b| ≤ 105, kichik lotin harflari.

Chiquvchi ma'lumotlar

Uchta son: L, i, j - ai…ai+L−1 = bj…bj+L−1 (1 dan). Umumiy harf yo'q bo'lsa 0 0 0.

Izoh

1-namuna izohi. «abc» a ning 2-harfidan va b ning 6-harfidan boshlanadi; «bcd» (3 va 3) ham to'g'ri javob. 4 harfli umumiy bo'lak yo'q.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.