Ikki xona

Masala #1938 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Imtihonda n ta o'quvchi ikki xonaga bo'linadi. m ta juftlik «ko'chirib yozishi mumkin» deb belgilangan - ular turli xonada o'tirishi shart. Birinchi xona kichik, shuning uchun unda imkon qadar kam o'quvchi bo'lsin. Birinchi xonadagi eng kam o'quvchilar sonini toping; bo'lish mumkin bo'lmasa, -1.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v (takroriy juftliklar va u = v bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. 1 va 4 birinchi xonada, 2, 3, 5 ikkinchisida - hamma juftlik turli xonada. Kamroq bo'lmaydi: 1 – 2 juftligidan ham, 4 – 5 juftligidan ham kimdir birinchi xonada o'tiradi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.