Yangi qirralar

Masala #1943 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Oddiy yo'nalishsiz graf berilgan: n ta tugun, m ta qirra (halqa va takroriy qirra yo'q). Unga eng ko'pi bilan nechta yangi qirra qo'shish mumkin, shunda graf oddiyligicha (halqa va takroriy qirrasiz) va ikki tomonli qolsin? Graf hozir ikki tomonli bo'lmasa, -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. Tugunlarni {1, 4} va {2, 3, 5} ga bo'lsak, mavjud qirralar shu guruhlar orasida. Yana 1 – 5, 4 – 2, 4 – 3 qirralarini qo'shish mumkin, graf ikki tomonli qoladi: 3 ta.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.