Tez saralashga qarshi test
Masala #2047 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Raqib quyidagi tez saralashni (quicksort) yozgan va u «har doim tez» deb ishonadi:
long long cnt = 0;
void qs(vector<int> &a, int l, int r) {
if (l >= r) return;
int m = (l + r) / 2;
swap(a[m], a[r]); // o'rtadagi element - tayanch
int p = l;
for (int i = l; i < r; i++) {
cnt++; // solishtirish
if (a[i] < a[r]) swap(a[i], a[p++]);
}
swap(a[p], a[r]);
qs(a, l, p - 1);
qs(a, p + 1, r);
}U qs(a, 0, n - 1) bilan chaqiriladi. 1 dan n gacha sonlarning shunday almashtirishini (permutatsiyasini) toping-ki, saralash oxirida cnt mumkin bo'lgan eng katta qiymatga - n(n − 1)/2 ga teng bo'lsin.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta son n (1 ≤ n ≤ 105).
Chiquvchi ma'lumotlar
n ta son - almashtirish. Bir nechta javob bo'lsa, istalganini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.