Aralashgan bo'laklar
Masala #2048 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
Massiv a1, …, an va q ta so'rov berilgan. Har so'rovda bir xil uzunlikdagi ikki bo'lak [l1, r1] va [l2, r2] beriladi: birinchisining elementlarini qayta tartiblab ikkinchisini hosil qilish mumkinmi (ya'ni elementlar to'plami, takrorlari bilan, bir xilmi)?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda ai, keyingi q qatorda l1 r1 l2 r2.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 2·105, 1 ≤ ai ≤ 109, r1 − l1 = r2 − l2.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rovga YES yoki NO.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.