Karralilar oralig'i
Masala #2024 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
T ta so'rov. Har birida butun L ≤ R va k berilgan: [L, R] oraliqda k ga bo'linadigan nechta butun son bor? Oraliqda manfiy sonlar ham, nol ham bo'lishi mumkin.
Masalan, [−7, −1] da 2 ga bo'linadiganlar −6, −4, −2 - uchta.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda T, keyingi T qatorda L, R, k.
Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 3·104, −1018 ≤ L ≤ R ≤ 1018, 1 ≤ k ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
T qator - javoblar.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.