Ilonsimon labirint

Masala #2040 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

h × w o'lchamli xaritada . - bo'sh katak, # - devor. Ikki bo'sh katak umumiy tomonli bo'lsa, ular qo'shni. Bo'sh kataklar nechta bog'langan hududga bo'linadi va eng katta hududda nechta katak bor?

Diqqat: hudud juda uzun, ilonsimon yo'lak bo'lishi mumkin.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda h va w, keyingi h qatorda xarita.

Cheklovlar: 1 ≤ h · w ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: hududlar soni va eng katta hudud kataklari soni (bo'sh katak bo'lmasa - 0 0).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.