EKUKi kichik bo'laklar
Masala #2049 · murakkablik 65% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB
n ta musbat butun son a1, …, an va K soni berilgan. Nechta uzluksiz bo'lak [l, r] (1 ≤ l ≤ r ≤ n) uchun EKUK(al, …, ar) ≤ K?
Bitta elementdan iborat bo'lak ham sanaladi - uning EKUKi elementning o'zi. Bo'laklar chegaralari bo'yicha farqlanadi: qiymatlari bir xil bo'lsa ham, turli o'rindagi bo'laklar alohida sanaladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va K, ikkinchi qatorda a1, …, an.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ ai, K ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - bo'laklar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.