Apelsinlar
Masala #2042 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Savatda n ta apelsin bor. Har kuni quyidagilardan bittasi qilinadi:
- bitta apelsin yeyiladi;
- agar qolgan apelsinlar soni 2 ga bo'linsa, ularning yarmi yeyiladi;
- agar qolgan apelsinlar soni 3 ga bo'linsa, ularning uchdan ikki qismi yeyiladi.
Hamma apelsinni eng kamida necha kunda yeyish mumkin? T ta mustaqil so'rovga javob bering.
Masalan, n = 10: 10 → 9 → 3 → 1 → 0 - to'rt kun.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda T, keyingi T qatorda n.
Cheklovlar: 1 ≤ T ≤ 1000, 1 ≤ n ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
T qator - kunlar soni.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.