Qadamli yig'indilar
Masala #2023 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 64 MB
Ko'chada n ta uy bor, i-uyda ai so'm jamg'arma. Xayriya aksiyasida yig'uvchi s-uydan boshlab har k-uyga kiradi: s, s + k, s + 2k, … (ko'cha tugaguncha) va har biridan butun jamg'armani oladi. q ta mustaqil so'rov bor: har biri uchun yig'iladigan summani toping.
Xotira cheklovi 64 MB.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda a1, …, an. Keyingi q qatorda s va k.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ s, k ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
q qator - har so'rovga javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.