Guldasta
Masala #2083 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Gul do'konida m turdagi gul bor, har turdan istalgancha. Siz aynan n ta gul sotib olasiz. i-turdagi gullardan x ta (x ≥ 1) olsangiz, xursandchilik ai + (x − 1) · bi ga oshadi: birinchi gul ai, keyingi har biri bi beradi. Biror turdan olmasangiz, undan xursandchilik yo'q.
Eng katta umumiy xursandchilikni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m, keyingi m qatorda ai bi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 109, 1 ≤ m ≤ 105, 0 ≤ ai, bi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng katta xursandchilik.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.