Ichma-ich kesmalar

Masala #2053 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sonlar o'qida n ta kesma berilgan, i-kesma [xi, yi]. Hamma kesmalar har xil (ikki kesmaning ikkala uchi bir vaqtda teng emas). [x, y] kesma [x', y'] kesmani o'z ichiga oladi, agar x ≤ x' va y' ≤ y bo'lsa.

Har kesma uchun ikki sonni toping: u nechta boshqa kesmani o'z ichiga oladi va uni nechta boshqa kesma o'z ichiga oladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda xi va yi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ xi < yi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n ta son: i-kesma o'z ichiga olgan kesmalar soni. Ikkinchi qatorda n ta son: i-kesmani o'z ichiga olgan kesmalar soni. Tartib - kirishdagidek.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.