Baland kvadrat

Masala #2079 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n × m jadvalning har katagida manfiy bo'lmagan butun son yozilgan. Shunday eng katta k ni toping: jadvalda k × k o'lchamli kvadrat (qator va ustunlari ketma-ket) bor bo'lsin va undagi har bir son k dan kichik bo'lmasin. Bunday kvadrat bo'lmasa, 0 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m, keyingi n qatorda m tadan son.

Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 500, sonlar 0 dan 109 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta k.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.