Tekis maydon
Masala #2068 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Hudud xaritasi n × m jadval: har katakda shu joyning balandligi yozilgan. Qurilish uchun a qator × b ustunli to'g'ri to'rtburchak uchastka (aylantirmasdan) tanlanadi. Uchastkaning notekisligi - undagi eng katta va eng kichik balandliklar farqi.
Eng kichik notekislikni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, a, b. Keyingi n qatorda m tadan son.
Cheklovlar: 1 ≤ a ≤ n ≤ 500, 1 ≤ b ≤ m ≤ 500, balandliklar 0 dan 109 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kichik notekislik.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.