Medianalar medianasi

Masala #2085 · murakkablik 82% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Ketma-ketlikning medianasi - uni o'sish tartibida yozganda ⌊(L + 1)/2⌋-o'rinda turgan son (L - uzunlik).

n ta son berilgan. Massivning har bir uzluksiz bo'lagi (jami n(n + 1)/2 ta) uchun medianani hisoblab, ulardan yangi ketma-ketlik tuzamiz. Shu yangi ketma-ketlikning medianasini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda a1, …, an.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.