Qavs bo'laklari

Masala #2055 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta satr berilgan, har biri faqat ( va ) belgilaridan iborat. Ularni hammasini, har birini bir martadan, qandaydir tartibda ketma-ket yozib bitta satr hosil qilamiz (satrlarning o'zini aylantirish yoki kesish mumkin emas).

To'g'ri qavslar ketma-ketligini hosil qiladigan tartib bormi? To'g'ri ketma-ketlikda har prefiksda ( lar soni ) lar sonidan kam emas, butun satrda esa ular teng.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda bittadan satr.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, satrlar uzunliklari yig'indisi 2·105 dan oshmaydi, har satr bo'sh emas.

Chiquvchi ma'lumotlar

YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.