Bir xil balandlik
Masala #2071 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Qatorda n ta ustun turibdi, i-sining balandligi ai. Bir amalda istalgan ustunning balandligini 1 ga oshirish yoki kamaytirish mumkin. Sizda ko'pi bilan C ta amal bor.
Ketma-ket turgan ustunlarning eng uzun bo'lagini toping, uni ko'pi bilan C amal bilan bir xil balandlikka keltirish mumkin bo'lsin. Shu bo'lak uzunligini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va C, ikkinchi qatorda a1, …, an.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ C ≤ 1015, 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng uzun bo'lak uzunligi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.