Oraliqdagi eng katta XOR

Masala #2095 · murakkablik 68% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta sondan iborat massiv va q ta so'rov berilgan. So'rov l, r, x: l ≤ i ≤ r bo'lgan i lar ichida x ⊕ ai ning eng katta qiymatini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q, ikkinchi qatorda a1, …, an. Keyingi q qatorda l, r, x.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 0 ≤ ai, x < 220, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda javob.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.