Chiroqlar va tugmalar
Masala #2108 · murakkablik 66% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Zalda n ta chiroq va m ta tugma bor. j-tugma bosilganda ma'lum chiroqlar holati teskarisiga o'zgaradi (yoniq ↔ o'chiq). Har tugmani ko'pi bilan bir marta bosish mumkin (ikki marta bosish hech narsani o'zgartirmaydi), bosish tartibi ahamiyatsiz.
Barcha chiroqlarni o'chirish uchun qaysi tugmalarni bosish kerak? Bir nechta javob bo'lsa - istalganini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Ikkinchi qatorda n belgili satr - chiroqlarning boshlang'ich holati (1 - yoniq). Keyingi m qatorning j-si n belgili satr: i-belgi 1 bo'lsa, j-tugma i-chiroqni ag'daradi.
Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 1000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Imkoni bo'lmasa -1. Aks holda birinchi qatorda bosiladigan tugmalar soni k (0 ham bo'lishi mumkin), ikkinchi qatorda ularning k ta har xil raqami.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.