Yig'indi va XOR

Masala #2086 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki manfiy bo'lmagan butun son a va b o'ylangan. Sizga faqat ularning yig'indisi s = a + b va bit bo'yicha XOR i x = a ⊕ b aytiladi.

Shartni qanoatlantiradigan, a ≤ b bo'lgan juftliklar ichidan a eng kichik bo'lganini toping. Bunday juftlik bo'lmasa -1 chiqaring. Har kirishda t ta mustaqil so'rov bor.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda t, keyingi t qatorda s va x.

Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 104, 0 ≤ s, x ≤ 1018.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda a va b yoki -1.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.