Kalkulyator: daraja va funksiyalar

Masala #2140 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Butun sonli ifodaning qiymatini hisoblang. Ifoda grammatikasi (yuqoridan pastga - ustuvorlik oshib boradi):

ifoda   := had { (+ | -) had }
had     := unar { (* | / | %) unar }
unar    := - unar | daraja
daraja  := atom [ ^ unar ]
atom    := son | ( ifoda ) | nom ( ifoda { , ifoda } )

Shunday qilib, ^ o'ngdan birlashadi (2^3^2 = 29) va unar minusdan kuchli (-2^2 = −4), lekin 2^-1 kabi yozuv grammatikaga mos. / - butun bo'lish, natija nolga qarab yaxlitlanadi; % - qoldiq, ishorasi bo'linuvchiniki (C++ dagidek). Funksiyalar: min, max (bir yoki bir nechta argument) va abs (bitta argument). 0^0 = 1.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ifoda, uzunligi ≤ 105, belgilar orasida probellar bo'lishi mumkin. Ifoda to'g'ri; nolga bo'linish yo'q; daraja ko'rsatkichi manfiy emas; har bir oraliq natija va javob modul bo'yicha 1018 dan oshmaydi; qavslar va funksiyalar ichma-ichligi 1000 dan, unar minuslar ketma-ketligi 1000 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ifoda qiymati.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.