Sonlar o'yini

Masala #2146 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Sizda n ta musbat butun son bor. Har qadamda ikkita sonni olib, ularning o'rniga yig'indisi, ayirmasi, ko'paytmasi yoki bo'linmasini qo'yish mumkin. Faqat musbat butun natija ruxsat etiladi: ayirma musbat bo'lsin, bo'lish faqat qoldiqsiz. Istalgan paytda to'xtab, qo'lingizdagi sonlardan birini tanlaysiz (boshidagi sonlarni ham tanlash mumkin).

T ga eng yaqin qaysi sonni olish mumkin? Ikkita teng yaqin bo'lsa, kichigini chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va T, ikkinchisida n ta son.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 6, sonlar 1 dan 100 gacha, 1 ≤ T ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.