Raqamlar orasidagi amallar

Masala #2142 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Raqamlar qatori berilgan. Har ikki qo'shni raqam orasiga +, -, * qo'yish yoki hech narsa qo'ymaslik (raqamlar bitta songa qo'shiladi) mumkin. Ko'p xonali son 0 bilan boshlanmasligi kerak (05 - mumkin emas, 0 - mumkin). Ifoda odatiy ustuvorlik bilan hisoblanadi (avval *). Nechta usulda qiymati T ga teng ifoda hosil bo'ladi?

Masalan, 232 va T = 8: 2*3+2, 2+3*2 - 2 ta.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda raqamlar qatori (uzunligi 1 dan 14 gacha) va T (|T| ≤ 1015).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - usullar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.