Kuzatuv kameralari
Masala #2119 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Viloyatda n ta shahar va ularni tutashtiruvchi m ta yo'l bor. Har bir yo'l kamida bitta uchidagi shahardan kuzatilishi kerak: kamera o'rnatilgan shahar unga tutash hamma yo'llarni ko'radi. Byudjet K ta kameraga yetadi.
Barcha yo'llarni kuzatish uchun kerak bo'ladigan kameralarning eng kam sonini toping. Bu son K dan katta bo'lsa, -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, m, K. Keyingi m qatorda yo'l u v (u ≠ v, yo'llar takrorlanmaydi).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105, 0 ≤ K ≤ 16.
Chiquvchi ma'lumotlar
Kameralarning eng kam soni yoki -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.