Ikki jamoa

Masala #2117 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Lagerda n nafar o'quvchi bor, ulardan m jufti o'zaro do'st. Murabbiy hammani ikki jamoaga ajratmoqchi (jamoalardan biri bo'sh bo'lishi ham mumkin). U do'stlarni iloji boricha ko'proq ajratib yubormoqchi: turli jamoaga tushgan do'st juftliklar soni eng katta bo'lsin.

Shu eng katta sonni va unga erishadigan bo'linishlar sonini toping. Bo'linishda jamoalar nomlanmagan: {A, B} va {B, A} - bitta bo'linish.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda do'st juftlik u v (u ≠ v, juftliklar takrorlanmaydi).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 28, 0 ≤ m ≤ n(n − 1)/2.

Chiquvchi ma'lumotlar

Ikki son: ajratilgan do'st juftliklarning eng katta soni va shunday bo'linishlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.