Kimyoviy formula

Masala #2137 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kimyoviy formula berilgan. Element nomi - katta harf va undan keyingi kichik harflar (H, Mg, Uue). Element yoki qavsdagi guruhdan keyin son kelishi mumkin - u shuncha nusxani bildiradi; son bo'lmasa, 1 nusxa. Guruhlar oddiy ( ) yoki kvadrat [ ] qavslarda, ichma-ich bo'lishi mumkin. Masalan, K4[ON(SO3)2]2 da K - 4, N - 2, O - 14, S - 4 ta atom.

Har bir element atomlari sonini chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda formula (uzunligi ≤ 105, qavslar to'g'ri joylashgan, ichma-ichlik ≤ 1000, sonlar 1 dan 109 gacha). Har element atomlari soni 1018 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Elementlar nomlari bo'yicha lug'at tartibida (ASCII), har qatorda: nom va atomlar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.