Kitob boblari

Masala #2126 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Kitob n bobdan iborat, lekin boblar aralashib ketgan: i-o'rinda ai-bob turibdi. Muharrir bir amalda ketma-ket kelgan bir nechta bobni kesib oladi va qolgan matnning istalgan joyiga qo'yadi (boshiga, oxiriga yoki ikki bob orasiga). Boblarni 1, 2, …, n tartibiga keltirish uchun eng kam amallar sonini toping.

Masalan, 2 4 1 3 → «1» ni boshiga ko'chiramiz: 1 2 4 3 → «3» ni «4» dan oldinga: 1 2 3 4. Ikki amal; bitta amal yetmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda testlar soni T (1 ≤ T ≤ 10). Har test: n va 1..n sonlarining almashtirishi.

Cheklov: 1 ≤ n ≤ 10.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har test uchun alohida qatorda eng kam amallar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.